«silk avia» tegli maqolalar


Silk Avia to‘rtinchi ATR 72−600 samolyotini qabul qilib oldi
16 fevral 2024, 20:02

Silk Avia to‘rtinchi ATR 72−600 samolyotini qabul qilib oldi

Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi to‘rtinchi ATR 72−600 samolyotini qabul qilib oldi. U Tuluzadagi ATR zavodidan yo‘lga chiqib, Istanbulda texnik to‘xtashni amalga oshirib, Toshkentga yetib keldi.

“Uzbekistan Airports aviatsiya bilan shug‘ullanmasligi kerak edi”. Transport vaziri o‘rinbosari — Silk Avia`ning Uzbekistan Airways tuzilmasiga o‘tkazilishi haqida
6 noyabr 2023, 20:32

“Uzbekistan Airports aviatsiya bilan shug‘ullanmasligi kerak edi”. Transport vaziri o‘rinbosari — Silk Avia`ning Uzbekistan Airways tuzilmasiga o‘tkazilishi haqida

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Silk Avia`ning Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tishiga izoh berar ekan, Uzbekistan Airports aviatsiya bilan shug‘ullanmasligi kerak bo‘lgani, buni barcha ekspertlar ta’kidlaganini aytdi. Avvalroq u hududiy aviatsiya ishga tushganini “uzoq kutilgan loyiha” deb atagandi.

Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o‘tkaziladi
19 oktabr 2023, 10:13

Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o‘tkaziladi

Prezident Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Helicopters ustav kapitaliga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Silk Avia Qurbon hayiti munosabati bilan 30 foizgacha chegirma e’lon qildi
14 iyun 2023, 12:57

Silk Avia Qurbon hayiti munosabati bilan 30 foizgacha chegirma e’lon qildi

Silk Avia kompaniyasi 27-iyundan 2-iyulgacha aviachiptalarga 30% gacha chegirma e’lon qildi. Shuningdek, kompaniya bayram kunlari arzon tarifdagi chiptalar soni ko‘paytirilishini bildirdi.

Silk Avia yo‘lovchisi bortda chekkani uchun jarimaga tortildi
12 iyun 2023, 23:45

Silk Avia yo‘lovchisi bortda chekkani uchun jarimaga tortildi

70 yoshli ayol Toshkentdan Samarqandga uchayotgan Silk Avia samolyoti hojatxona kabinasida sigaret chekdi. Samolyot qo‘nishi bilan komandir huquq-tartibot xodimlarini chaqirdi. Ayolga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Silk Avia “aviamarshrutka”si hududlar o‘rtasidagi qatnovlarni tiklashni niyat qilmoqda
26 aprel 2023, 10:18

Silk Avia “aviamarshrutka”si hududlar o‘rtasidagi qatnovlarni tiklashni niyat qilmoqda

Silk Avia ikki kun ichida 250 ga yaqin chiptani sotishga ulgurdi. Seshanba kuni u ilk tijoriy reysini amalga oshirdi. Toshkentdagi taqdimotda hududlar o‘rtasidagi qatnovni tiklashi aytilayotgan havo kompaniyasini jamoat transporti bilan taqqoslashdi — “o‘tirding va ketding”. “Gazeta.uz” sinov parvozida bo‘ldi.

Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi
19 mart 2023, 15:37

Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi

Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi ATR 72−600 samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda. Bangkokdan havoga ko‘tarilgan samolyot u olti joyga qo‘nadi. Kompaniya O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida arzon havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.

Silk Avia aviakompaniyasining ilk parvozlarini kuzda amalga oshirish rejalashtirilmoqda
20 iyun 2022, 18:56

Silk Avia aviakompaniyasining ilk parvozlarini kuzda amalga oshirish rejalashtirilmoqda

Hududiy Silk Avia aviakompaniyasi ilk parvozlarni joriy yilning sentabr-oktabr oylarida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbari Rano Jurayeva kechikishni loukaster tashkil etish jarayoni bilan bog‘ladi.

Silk Avia aviakompaniyasi uchun 70 o‘rinli uchta samolyot kelishi kutilmoqda — Ra’no Jo‘rayeva
27 mart 2022, 10:42

Silk Avia aviakompaniyasi uchun 70 o‘rinli uchta samolyot kelishi kutilmoqda — Ra’no Jo‘rayeva

Uzbekistan Airports raisi Ra’no Jo‘rayeva yangi tashkil etilayotgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi bo‘yicha ayrim tafsilotlarni ochiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 40 ga yaqin yo‘nalishda ichki reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Birinchi bosqichda 70 o‘rinli uchta mintaqaviy samolyot kelishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etilmoqda
25 noyabr 2021, 18:26

O‘zbekistonda yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etilmoqda

Uzbekistan Airports Silk Avia hududiy sho‘’ba aviakompaniyasni tashkil etmoqda. Yangi aviakompaniya viloyatlar o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshirib, chipta narxlarini «temiryo‘l chiptalari bilan mos» qiladi. Uzbekistan Airports birinchi bosqichda boshqaruvchi kompaniya bo‘ladi. Keyinchalik aviatashuvchi xususiy sektorga o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting